“Naqsh” hunarmandchilik maktabiga qabul boshlandi

“Naqsh” hunarmandchilik maktabiga qabul boshlandi

Qirollik jamg'armasi An’anaviy san’at maktabi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Naqsh” hunarmandchilik maktabini tashkil etmoqda. Ushbu maktabda talabalar an’anaviy san’at yo‘nalishlarida tahsil olib, uning tajribali ustozlari va mohir hunarmandlari rahbarligida xalqaro e’tirof etilgan diplomga ega bo‘lishlari mumkin bo'ladi.

Maktab dunyoning turli mamlakatlaridagi madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirishni ta’lim orqali qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan bo‘lib, bugungi kunda 20 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.

Buning yorqin namunalaridan biri Qohira bo'lib, bu yerda maktab yigirma yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib keladi. “Jameel House of Traditional Arts” markazida talabalar Misrning me’moriy va hunarmandchilik merosini chuqur o‘rganib, an’anaviy tamoyillarni zamonaviy amaliyotda qo‘llashni o‘zlashtiradilar.

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi tarixiy Al-Balad tumanida 2020-yilda “Building Arts Centre” o‘z faoliyatini boshladi. Shahar me’moriy merosini asrash muhim bosqichga kirgan bir paytda tashkil etilgan ushbu markaz ta'mirlash va qayta tiklash loyihalari uchun yangi avlod hunarmandlarini tayyorlamoqda.

Qohira, Boku, Karachi, Sujou, AlUla, Jidda va Doha shaharlaridagi bitiruvchilarimiz bugungi kunda hunarmandchilik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, o‘z ustaxonalarini ochib, madaniy merosni qayta tiklash loyihalarida ishtirok etib, kelajak avlod hunarmandlariga bilim va tajribasini ulashmoqda.

“Naqsh” hunarmandchilik maktabiga hujjat topshiring va an’anaviy san’at orqali birlashgan xalqaro hamjamiyatimizning bir qismiga aylaning.

🎓 O‘qish muddati: 2 yil, kunduzgi ta’lim
🗓 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 28-avgustgacha
🎨 Mashg‘ulotlar boshlanishi: 2026-yil 5-oktabr
🔗 Ariza topshirish uchun: izohlarda "DIPLOMA" deb yozing va ariza havolasini shaxsiy xabarlar orqali (DM) yuboramiz.