Arizalar qabuli: birinchi guruh, 2026-yil kuzi

Diplom dasturi

Naqsh hunarmandchilik maktabi ushbu kuzda yangi Diplom dasturining birinchi kunduzgi talabalar guruhiga qabul uchun arizalarni kutib olmoqda. Dastur The King's Foundation School of Traditional Arts tomonidan ACDF bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va olib boriladi.

Arizalar qabuli yakshanba, 28-avgustda yakunlanadi. Birinchi dars kuni — dushanba, 2026-yil 5 oktabr.

<p>Diplom dasturi</p>

Dastur haqida

An'anaviy san'at bo'yicha nazariy va amaliy ta'lim

Diplom dasturi O'zbekistonning boy me'moriy merosiga alohida e'tibor qaratgan holda an'anaviy san'at bo'yicha nazariy va amaliy ta'lim beradi.

Go'zallik va uyg'unlik tamoyillari amaliy tadqiqotlar, an'anaviy mahoratni rivojlantirish va ijodkorlikni o'z ichiga olgan boy o'quv dasturining asosini tashkil etadi.

Dastur haqida
  • Format

    Ikki yillik, kunduzgi, akkreditatsiyalangan kurs

  • O'quv yili

    Har biri sakkiz haftadan uch semestr

  • Davomat

    Semestr davomida har kuni, 9:00–17:00

  • O'qish to'lovi

    2 500 $

  • Birinchi dars kuni

    Dushanba, 2026-yil 5-oktabr

Uchta asosiy modul

Tabiat qonuniyatlaridan amaliy hunarmandchilikkacha

Dastur talabaning ham dizayner, ham hunarmand sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydigan uchta asosiy modul asosida tuzilgan. Har bir modul o‘zaro bog‘liq fanlar majmuasini qamrab oladi.

  1. 1

    Kirish: An'anaviy san'atning asosi bo‘lgan tabiat qonuniyatlari

    • Tartib, simmetriya, mutanosiblik va uyg‘unlik tamoyillari

      • Tabiat tartibi

      • Geometriyaga kirish

      • Biomorf naqshga kirish

    • Rangtasvir: usullar va materiallar

      • Pigmentlar

      • Rang uyg'unligi

    • Chizma orqali tahliliy tadqiqotlar

      • Me’moriy obyektlardan chizma ishlash

      • Kompozitsiya: Me’moriy loyihalarda bezak elementlarini uyg‘unlashtirish

  2. 2

    O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligining badiiy tili

    • Geometriya

      • Markaziy Osiyo geometriyasi

      • Geometriya: kompozitsiya

    • Biomorf naqsh

      • Markaziy Osiyo biomorf naqshi

      • Biomorf: kompozitsiya

  3. 3

    O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligini amaliyotda qo‘llash

    • Kulolchilik va g‘isht terish san’ati

      • Koshin tayyorlash: presslangan va kesma koshinlar

      • Koshin bezagi: cuerda seca, bo‘yalgan va lustrli koshinlar

      • Xattotlik va me'morchilik

    • Dekorativ rangtasvir

      • Pigmentlar

      • Bog'lovchilar

      • Texnikalar

    • Yog'ochga ishlov berish

      • O'ymakorlik

      • Qadama

      • Panjara va to'siqlar

    • Loyiha ishi

      • Meros loyihasi

      • Yakuniy loyiha

Diplom dasturi kurslari jadvali

1-semestr 5-oktabr – 11-dekabr 2-semestr 11-yanvar – 5-mart 3-semestr 29-mart – 21-may
1-yil Tabiat tartibi va uyg‘unligi Geometriyaga kirish Biomorf naqshga kirish Rangtasvir: usullar va materiallar (pigmentlar va rang uyg'unligi) Markaziy Osiyo biomorf naqshi Chizma orqali tahliliy tadqiqotlar Koshin tayyorlash: presslangan koshinlar Yog'ochga ishlov: o'ymakorlik va qadama Xattotlik va me'morchilik Koshin bezagi: "cuerda seca" texnikasi Madaniy meros loyihasi
2-yil — TBC 2-yil — TBC 2-yil — TBC
2-yil Markaziy Osiyo geometriyasi Geometriya: kompozitsiya Biomorf: kompozitsiya Koshin bezagi: bo‘yalgan va lustrli koshinlar Koshin tayyorlash: kesma koshinlar Dekorativ rangtasvir Yog'ochga ishlov: panjara va to'siqlar Kompozitsiya: dekorativ elementlarni uyg'unlashtirish Yakuniy loyiha
  • Kirish: An'anaviy san'atning asosi bo‘lgan tabiat qonuniyatlari
  • O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligining badiiy tili
  • O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligini amaliyotda qo‘llash

*Kurslarning aniq ketma-ketligi o'zgarishi mumkin.

Qanday ariza berish

Dastur barcha soha va tajribaga ega nomzodlar uchun ochiq.

Ariza ikki qismdan iborat bo'lib, ular birgalikda juma, 28 avgustgacha topshiriladi.

1

Qisqa motivatsion xat

Taxminan 250 so'z, bir sahifa.

  • An'anaviy san'atga qiziqishingizni tushuntiring.
  • An'anaviy san'at sohasidagi oldingi tajribangizni tavsiflang.
  • Diplom dasturidan nimalarni kutayotganingizni bayon eting.
2

Ijodiy ishlaringiz fotosuratlari

Ko'pi bilan 10 ta tasvir.

  • Iloji bo'lsa, an'anaviy dizayn yoki materiallarga qiziqishingiz yoki mahoratingizni ko'rsatadigan suratlarni tanlang.
  • Tasvirlarni JPG yoki PDF formatida yuborish mumkin.

Qabul qanday amalga oshiriladi

  1. 1

    Ariza berish

    Arizangizni yakshanba, 28-avgustgacha topshiring.

  2. 2

    Onlayn suhbat

    3–4-sentabr, 25 nafargacha nomzod taklif etiladi.

  3. 3

    Takliflar va ro'yxatdan o'tish

    Takliflar 9-sentabrgacha · ro'yxatdan o'tish 10–25-sentabr.

  4. 4

    Birinchi dars

    Dushanba, 5-oktabr.

  1. Birinchi yil semestr sanalari

    Ikkinchi yil sanalari keyinroq e’lon qilinadi

  2. 1-semestr

    5-oktabr – 11-dekabr

  3. 2-semestr

    11-yanvar – 5-mart

  4. 3-semestr

    29-mart – 21-may