Naqsh hunarmandchilik maktabining diplom dasturiga ariza topshirish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi!

Naqsh hunarmandchilik maktabining diplom dasturiga ariza topshirish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi!

Ikki yillik diplom dasturi an’anaviy hunarmandchilik yo‘nalishida chuqurlashtirilgan ta’limni taklif etadi. Dastur doirasida ustaxonalarda intensiv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, hunarmandchilik an’analari va tamoyillari chuqur o‘rganiladi.

Dastur Qirollik jamg'armasi An’anaviy san’at maktabi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida amalga oshiriladi.

📅 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 28-avgust

Agar siz an’anaviy hunarmandchilikka qiziqsangiz va intensiv ta’lim dasturi doirasida o‘z bilim hamda ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga tayyor bo‘lsangiz, arizangizni belgilangan muddatgacha topshiring.