"Naqsh" hunarmandchilik maktabining ilk Diplom dasturiga qabul boshlandi

"Naqsh" hunarmandchilik maktabining ilk Diplom dasturiga qabul boshlandi

Qirollik jamg'armasi an'anaviy san'at maktabi tomonidan ishlab chiqilgan va olib boriladigan hamda Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu ikki yillik, kunduzgi, akkreditatsiyadan o‘tgan Diplom dasturi O‘zbekistonning boy badiiy va me'moriy merosini amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

O‘quv dasturi davomida quyidagi yo'nalishlar o‘qitiladi:
• An'anaviy san'atning asosi bo‘lgan tabiat qonuniyatlari
• O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligining badiiy tili
• O‘zbekiston san'ati va hunarmandchiligini amaliyotda qo‘llash

Dastur turli soha vakillari hamda har qanday tayyorgarlik va tajriba darajasiga ega nomzodlar uchun ochiq.

Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
• Shaxsiy motivatsiya xati (taxminan 250 so‘z)
• Ijodiy ishlaringizning 10 tagacha fotosurati

Muhim sanalar:
• Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati — 2026-yil 28-avgust
• Onlayn suhbat — 3–4-sentabr
• Tanlovdan o‘tgan nomzodlarga xabar berish — 9-sentabr
• Mashg‘ulotlar boshlanishi — 2026-yil 5-oktabr

Ariza topshirish va batafsil ma'lumot olish uchun "Diplom dasturi" bo'limiga o'ting.
"Naqsh" hunarmandchilik maktabining ilk talabalari safida sizni kutib qolamiz!